"Lokomotiv" Portugaliya terma jamoasi futbolchisini xarid qilishga yaqin
27 avg 2019 14:25
Yangiliklar
"Lokomotiv" Portugaliya terma jamoasi futbolchisini xarid qilishga yaqin
"Inter" yarim himoyachisi Joau Mariu Rossiya klubiga o'tishga yaqin.
"Lokomotiv" 26 yoshli xavbekning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Moskva klubi Joau Mariuni sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olmoqchi.
Portugaliyalik o'yinchi o'tgan mavsum "Inter" safida 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
26 yoshli o'yinchi faoliyatini "Sporting"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Joau Mariu 2014 yildan beri Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Fikrlar