"Lokomotiv" OAV vakillarini kasb bayrami bilan qutladi
27 iyu 2014 11:37
Yangiliklar
"Lokomotiv" OAV vakillarini kasb bayrami bilan qutladi
Malumki, 27 iyun kuni O'zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlanadi.
Futbolning mamlakatda yanada ommalashishi hamda rivojlanishida ommaviy axborot vositalari xodimlarining o'rni muhim ahamiyat kasb etadi.
Aynan shuni hisobga olib, kecha “Lokomotiv” futbol klubi yurtimizning turli nashrlarida faoliyat olib borayotgan futbol jurnalistlarni chorlab, ularni bayram bilan qutladi.
Jurnalistlarning futbol rivoji yo'lida olib borayotgan ishlarini qadrlab, ularni kasb bayrami bilan tabriklash maqsadida uyushtirilgan ushbu tadbirda Championat.Asia, Uff.uz, Stadion.uz intrenet nashrlari, “Futbol Ekspress”, “Intrefutbol” gazetalari, “Sport” telekanali vakillari taklif etildi. Tashrif buyurgan mehmonlar uchun bayram dasturxoni yozildi. SHuningdek ular “Lokomotiv” futbol klubi bosh murabbiyi hamda futbolchilar bilan suhbat qurish imkoniga ega bo'lishdi.
Tadbir so'nggida klub nomidan ularga esdalik sovg'alar topshirildi.

Fikrlar