"Lokomotiv" Jeparovni istefoga chiqardi
18 okt 2022 15:29
Yangiliklar
"Lokomotiv" Jeparovni istefoga chiqardi
"Kecha bo'lib o'tgan Superliga 22-turi doirasidagi "Lokomotiv" – "Olimpik" uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Server Jeparov klub rahbariyati tomonidan istefoga chiqarildi.
"Lokomotiv" kecha juda muhim bellashuvda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu esa klub rahbariyatining keskin qaror qabul qilishiga sabab bo'ldi.
Superliga bahslarining qolgan 4 ta turiga asosiy jamoamizni taniqli va tajribali mutaxassis Mirko Elichich boshqaradi. Avstraliyalik murabbiy iltimosiga binoan Denis Korostichenko ham murabbiylar shtabiga qaytib, Elichichga yaqindan yordam beradi.
Jamoamizga qolgan to'rt o'yinda faqat va faqat omad tilaymiz! Bizni oldinda "Paxtakor", "Navbahor", "So'g'diyona" va "Metallurg" bilan kechadigan qiyin uchrashuvlar kutmoqda, lekin taslim bo'lish yo'q. "Lokomotiv" Superligada o'z o'rnini saqlab qolishi uchun oxirigacha kurashadi", – deyiladi klub rasmiy xabarida.
Malumot uchun, Toshkent klubi 22 turdan keyin 20 ochko to'plab, musobaqa jadvalida 11-o'rinda boryapti.
Fikrlar