“Lokomotiv” ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonini boshladi FOTO
10 iyu 2017 20:38
Yangiliklar
“Lokomotiv” ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonini boshladi FOTO
Mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” bugundan Oliy Liga ikkinchi davra bahslariga hozirlikni boshladi.
“Temiryo'lchilar” jamoa qarorgohida yig'ilishdi hamda kechki payt mashg'ulot o'tkazildi. Unda jamoamizning deyarli barcha azolari ishtirok etishdi. Qolaversa, “Loko” mashg'ulotlariga istedodli futbolchi Idris Bikmaykin ham qo'shildi. U “Lokomotiv”ning Minskda o'tadigan xorij yig'inida ishtirok etadi. SHuningdek, o'z yurtiga biroz hordiq chiqarish uchun yo'l olgan jamoamiz azosi – Muhammad Kone yig'inga Minskda qo'shiladi.
Umuman olganda, bugungi mashg'ulot jarayoni ancha ko'tarinki ruhda o'tdi. Quyida undan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar