"Lokomotiv" faxriylarni ezozlaydi
28 apr 2015 11:02
Yangiliklar

"Lokomotiv" faxriylarni ezozlaydi
Bu yil muhtaram yurtboshimiz tomonidan "Keksalarni ezozlash yili" deb nomlanganidan barchaning xabari bor.
SHu munosabat bilan joylarda qariyalarni ezozlash, ularning hurmatini joyiga qo'yish hamda ularga nisbatan izzat-ikromda bo'lish uchun turli tadbirlar tashkil qilinmoqda.
Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldin "2015 yil - Keksalarni ezozlash yili"ga bag'ishlab kichik tadbir tashkil etildi. Bunda har ikkala jamoa futbolchilari bir guruh O'FF faxriylar kengashi azolarini tabriklashdi va "Lokomotiv" futbol klubi tomonidan tayyorlangan sovg'alarni ulashishdi.
Tadbirga o'zbek futbolida o'ziga xos iz qoldirgan Vyacheslav Soloxo, Vilgelm Qahhorov, Ravshan Yunusov, Birodar Abduraimov, To'lagan Isoqov, Vladimir SHtern, Ahrol Inoyatov, SHamil Yafarov kabi futbolimiz faxriylari tashrif buyurishdi. Faxriylarga ehtirom ko'rsatib, ularni ushbu tadbirga taklif etgani uchun O'FF faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov "Lokomotiv" futbol klubi rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Fikrlar