“Lokomotiv” Dubaydagi so'nggi nazorat o'yinini “Krasnodar”ga qarshi o'tkazadi
21 jan 2018 19:16
Yangiliklar
“Lokomotiv” Dubaydagi so'nggi nazorat o'yinini “Krasnodar”ga qarshi o'tkazadi
Bunga qadar “temiryo'lchilar” jamoasi SHotlandiyaning “Aberdin” klubini 2:0 hisobida mag'lub etishdi va Rossiyaning “Rubin” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o'ynashdi. Endi navbat yana bir rus grand klubi – “Krasnodar”ga.
“Krasnodar” jamoasi shu nomdagi shahar sharafini himoya qiladi. Unga 2008 yilda asos solingan. Laqabi – “buqalar”, “qora-yashillar”. Jamoa o'tgan mavsumda chempionatni 4-pog'onada yakunlashga muvaffaq bo'ldi. So'nggi yillarda “Krasnodar” Rossiyada etakchi jamoalar qatoriga qo'shilishni uddalay oldi. Natijada klub tez-tez Evrokuboklarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.
Takidlash joizki, “Lokomotiv” va “Krasnodar” shu paytga qadar hech ham o'zaro to'qnash kelishmagan. Ertangi o'yin har ikki jamoa uchun dastlabki qarama-qarshilik bo'ladi. O'yin 22 yanvar kuni Abu-Dabidagi New York University Abu-Dhabi stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti – 18:00.
Fikrlar