So’nggi yangiliklar

16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  0 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  4 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0

“Lokomotiv” – “CHanchun Yatay” 0:0 Yangiliklar

“Lokomotiv” – “CHanchun Yatay” 0:0

Teglar :  Lokomotiv
“Lokomotiv” Dubaydagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini Xitoyning “CHanchun Yatay” klubiga qarshi o'tkazdi. Bellashuvda hisob ochilmadi – 0:0.

SHu kuni milliy terma jamoaga nomzod olti nafar futbolchi – Server Jeparov, Jasur Hasanov, Marat Bikmaev, Islom To'xtaxo'jaev, Ignatiy Nesterov hamda Sanjar SHoahmedov “Lokomotiv”ga yordam bera olishmasdi. SHuningdek, Nemanya Yanichich, Kaxi Maxaradze, Timurxo'ja Abduholiqov kabi yigitlarda kichik jarohat borligi sababli, ularga ham dam berildi. Qayd etish kerak, futbolchilarning jarohati jiddiy emas. 23 fevral kuni “Lokomotiv”ni “Al-Ittixod”ga qarshi rasmiy o'yin kutayotgani uchun murabbiylar tavakkal qilishni istashmadi.

“Temiryo'lchilar” ixtiyoriga etib kelgan ruminiyalik Florin Kostya uchrashuvni boshlang'ich tarkibda o'tkazdi hamda 1 soat maydonda harakat qildi. Uning ikki qanotida Oleg Zoteev hamda Sardor Mirzaev to'p tepishdi. Maydon markazida tajribali Timur Kapadzega Quvondiq Ro'ziev hamda Ikrom Aliboev yordam berishdi. Aliboev birinchi bo'limdan so'ng oyog'ida og'riq sezgani uchun, murabbiylar ikkinchi taymni Sadriddin Abdullaev bilan boshlashdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov “CHanchun Yatay” safida ilk daqiqalardanoq ko'rinish berdi. SHuningdek, mashhur Marselo Moreno 9-raqam ostida harakat qildi. Sir emaski, bu futbolchi o'z vaqtida Braziliyaning “Kruzeyro”, “Flamengo”, Germaniyaning “Verder”, Angliyaning “Uigan”, Ukrainaning “SHaxtyor” klublari sharafini himoya qilgan. Ikkinchi bo'limda xitoyliklar safida yana bir qator horijiy futbolchilar ham o'yin o'tkazishdi.

Bellashuv teng kurashlar ostida kechdi. Tomonlar bir qator qulay imkoniyatlarga ega bo'lishlariga qaramay, raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi.

“Lokomotiv” ertaga kechki payt Toshkentga qaytib keladi.

LOKOMOTIV (O'zbekiston) – CHANCHUN YATAY (Xitoy) 0:0
“Lokomotiv”:
Mamur Ikromov - Salim Mustafoev, Sergey Proxorov, SHerzod Fayziev, Jasur Hasanov_16 - Ikrom Aliboev (Sadriddin Abdullaev, 46), Quvondiq Ro'ziev (Mirto'ra Akbarov, 86), Timur Kapadze (Xurshid Muxtorov, 70) - Oleg Zoteev, Florin Kostya (Doniyor Usmonov, 60), Sardor Mirzaev

2016 yildagi o'rtoqlik o'yinlari
15 yanvar, 2016 Al-Ahli (Saudiya Arabistoni) – Lokomotiv 0:0
19 yanvar, 2016 Xenan Jiane (Xitoy) – Lokomotiv 0:0
22 yanvar, 2016 Slovakiya U-21 – Lokomotiv 0:2
5 fevral, 2016 Al-Urooba – Lokomotiv 1:5
10 fevral, 2016 Xanjou Grintaun – Lokomotiv 0:3
12 fevral, 2016 Tyanczin Teda – Lokomotiv 1:1

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика