"Lokomotiv" bosh murabbiyi o'z xohishiga ko'ra istefoga chiqdi
18 apr 2018 22:01
Yangiliklar
"Lokomotiv" bosh murabbiyi o'z xohishiga ko'ra istefoga chiqdi
Lekin ayni paytga kelib jamoa Superligada 6-turdan so'ng 5 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi. Qolaversa, kuni kecha Osiyo CHempionlar Ligasidagi ishtirok ham yakunlandi. Holbuki “Lokomotiv” PFK rahbariyati jamoa oldiga birinchi galdagi vazifa etib OCHLda guruhdan chiqishni qo'ygan edi.
Ham ichki, ham xalqaro maydondagi natijalar qoniqarsiz ko'rinish olgani sababli shu paytga qadar “Lokomotiv” jamoasi bosh murabbiyi vazifasida ishlab kelgan Andrey Miklyaev o'z xohishiga ko'ra bugun istefoga chiqish bo'yicha ariza yozdi. Jamoa rahbariyati uning istefosini qabul qildi va bo'sh qolgan bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarish masuliyati Andrey Fyodorovga ishonib topshirildi. Unga murabbiylar shtabida Mirko Yelichich hamda Temur Kapadze yordam berishadi.
“Lokomotiv” PFK Andrey Miklyaevga klub oldidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.
Fikrlar