“Lokomotiv” “Borussiya Dortmund” va "Frayburg" bilan o'ynaydi
24 iyu 2014 17:57
Yangiliklar
“Lokomotiv” “Borussiya Dortmund” va "Frayburg" bilan o'ynaydi
Davralar oralig'idagi tanaffus vaqtida Toshkentning “Lokomotiv” klubi Avctriya mamlakatida yig'in o'tkazishni rejalashtirgan.
Undan imkon qadar maksimal foydalanishni niyat qilgan klubimiz yig'in davomida Evropaning bir necha taniqli klublari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish borasida kelishuvga erishgan.
14-29 iyul kunlari davomida Avstriyada bo'ladigan jamoamiz u erda to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Xususan, 17 iyul kuni CHexiyaning “Bryun” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Oradan ikki kun o'tib, 19 iyul kuni esa ushbu yig'indagi eng muhim o'rtoqlik uchrashuvlaridan bir tashkil etiladi. Unda Vadim Abramov boshchiligidagi “temiryo'lchilar” Bundesliga vakili, Evropa CHempionlar Ligasi 2012-2013 yilgi mavsum finalchisi va bugungi kunga kelib Evropaning grand klublari qatoriga kirib ulgurgan - Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar o'rtasidagi kelishuvga ko'ra har ikki jamoa tarkibida o'sha vaqtda maydonga tushishga tayyor bo'lgan eng yaxshi futbolchilar maydonga tushirilishi takidlab o'tilgan.
SHundan so'ng “Lokomotiv” 22 iyul sanasida Moskvaning “Torpedo”siga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. So'nngi nazorat o'yini esa 25-iyul sanasiga rejalashtirilgan bo'lib, unda Abramov shogirdlari Germaniyaning boshqa bir klubi - “Frayburg”ga qarshi harakat qiladi.
Jamoamiz Toshkentga 28 iyulda qaytadi.

Fikrlar