So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

“Lokomotiv” – “Al Nasr” o'yini haqida Yangiliklar

“Lokomotiv” – “Al Nasr” o'yini haqida

Teglar :  LokomotivAl Nasr
“Lokomotiv” guruhdagi oxirgi turni hashamatli “Bunyodkor” stadionida o'tkazdi.

Bu o'yinda “Lokomotiv” g'alaba qozona olmagani, hatto gol ura olmagani uchun bazi muxlislar tomonidan tanqidga uchragani bor gap, lekin eng muhimi jamoa yutqazib qo'ymadi va birinchi o'rinni saqlab qolgan holda keyingi bosqichga yo'l oldi.

Kechagi bahs qanday ahamiyatga ega edi? Aytish mumkinki, hammasi “Lokomotiv”ning o'z qo'lida edi. Yani, “A” guruhini bir kema deb oladigan bo'lsak, shturval (kemaning ruli) “Loko”da edi. (Xohlasa u tomonga boshqaradi, xohlasa bu tomonga). Kechagi bahsda “Lokomotiv” g'alabani ko'zlab harakat qilmadi deyish mushkul, shunchaki jamoa o'ta ehtiyotkorlik bilan o'ynadi. CHunki bu o'yinda kim mag'lub bo'lsa, o'sha jamoa guruhda qolib ketardi.

Durang esa ikkala jamoani ham qoniqtirardi. Ehtimol o'yinda gol urilmagani, o'yin tezligi biroz past kechgani stadionga kelgan muxlislarga yoqmagan bo'lishi mumkin va buning uchun ulardan uzr so'raymiz. Ammo eng muhimi, “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasida o'z oldiga qo'yilgan dastlabki vazifani uddaladi. Hammamiz imkon qadar Evropa futbolini ham kuzatib boramiz. Ko'ryapmiz, klublar natija uchun hamma narsaga tayyor. “Jang” maydonda ham, maydon tashqarisida ham ketyapti. Futbolda vaqt o'tib go'zallik o'rnini natija egallayapti.

Qaysi bir mashhur murabbiy aytgandi: “Men chiroyli o'ynab mag'lub bo'lgandan ko'ra, xunuk o'ynab g'alaba qozonishni afzal bilaman”. Kechagi bahsda “Lokomotiv” g'alaba qozona olmagan bo'lsa-da, eng muhimi o'ziga kerakli natijani qayd eta oldi. Uchrashuv keskin tarzda kechmagani, xavfli vaziyatlar kam bo'lgani va bu uchrashuvda “Lokomotiv”ning to'p kirita olmagani ayrim kishilar tomonidan “o'yin kelishilgan” deyishgacha borildi. Ammo unutmangki, bu chempionlar ligasi va bunda har bir o'yin tashkilot tomonidan qatiy etiborda turadi.

Xo'sh, o'yingacha vaziyat qanday edi? “Lokomotiv”ni durang ham qoniqtirardi. Butun dunyoda jamoani durang ham qoniqtirayotgan bir paytda futbolchilar yoppasiga hujumga o'tmaydi. Bu narsa hatto jahonning grand klublarida ham bor. Avvalo himoyada ehtiyot bo'lib o'ynashga to'g'ri keladi. Qolaversa, bunda eng muhimi o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormaslik. “Lokomotiv” birinchi taymdan so'ng ikkinchi bo'limni ham yanada ehtiyotkorlik bilan o'tkazdi. Nima uchun? CHunki guruhdagi ikkala uchrashuv bir xil vaqtda boshlangan emasmi, narigi bellashuvda “Al Ittihod” “Sepaxon”ni 1:0 hisobida mag'lub etayotgandi. Biz internet asrida yashayapmiz, shunday ekan jamoalar boshqa o'yinlardan zudlik bilan xabar topishyapti.

Kechagi uchrashuvda kim mag'lubiyatga uchrasa guruhda qolib ketardi, shu bois “Lokomotiv” ham, “Al Nasr” ham avvalo gol o'tkazib yubormaslikni o'ylab harakat qildi. Bundan tashqari, durang raqibni ham to'liq qoniqtirardi, shunday ekan hadeb oldinga o'tishga ne hojat. Malumki, arablardan qanday o'yin kutishni oldindan aytish qiyin. Ular yutib ham, yutqazib ham qo'yishi mumkin. Agar kecha “Lokomotiv” bor kuchi bilan hujumga o'tsa-yu, qarshi hujumda gol o'tkazib yakunda mag'lub bo'lsa, bu kimgadir tatirmidi? Albatta, yo'q. Undan ko'ra, ehtiyotkorlik bilan o'ynab keyingi bosqichga chiqqani afzal emasmi. Mana endi ko'pchilik 1/16 finalda bizdan faqat “Loko”ning o'yinini ko'radi.

Keyingi bosqichda “Lokomotiv”ni yana bir jiddiy raqib kutib turibdi. “Al Hilol” Osiyoning eng kuchli klublari sirasiga kiradi. “Lokomotiv” o'tgan yil bu jamoa bilan bir guruhda kurash olib borgan va har ikkala bahsda ham mag'lubiyatga uchragan. “Temiryo'lchilar” o'sha mag'lubiyatlar alamini hali unutishgani yo'q. Nasib qilsa, bu safar o'yinlar boshqacha kechadi va yakunda omad biz tomonda bo'ladi deb umid qilib qolamiz. Zero, minglab muxlislarning orzu-istaklari ham shu: “Lokomotiv”dan Osiyo chempionlar ligasida yuqori o'rinlarni kutish.

Xayrulla Xoliqov, “Lokomotiv” PFK matbuot kotibi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика