"Lokomotiv"da jangovor durang, Rashidov qaytdi va gol urdi FOTO

Mirjalol Normatov
19 noya 2018, 16:12
Bugun "Lokomotiv" stadionida sinov-nazorat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "Lokomotiv" jamoasi O'zbekiston Kubogi sohibi AGMKga qarshi bahs olib bordi. Ajoyib o'tgan bahsning 18-daqiqasida Jasur Hasanov jarima zarbasidan keyin darvozani ishg'ol qildi. 40-daqiqada esa Vladislav Kasminin burchakdan oshirilgan to'pga boshi bilan zarba berib, hisobni 0:2 ko'rinishga keltirib qo'ydi.

Ikkinchi bo'limning 61-daqiqasida Sardor Rashidov raqib himoyachisini aldab o'tib, darvozani ishg'ol qilgan bo'lsa, 68-daqiqala Alisher Shog'ulomov darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan unumli foydalandi, 2:2.

Bugun "Lokomotiv" tarkibida asosan yoshlar to'p surdi. Chunki jamoaning 7 nafar asosiy futbolchisi milliy terma yig'inlarida qatnashmoqda.

Sinov-nazorat uchrashuvi
"Lokomotiv" - AGMK 2:2
Gollar:
Sardor Rashidov (61), Alisher Shog'ulomov (68) - Jasur Hasanov (18), Vladislav Kasminin (40).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia