So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  0 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  2 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  5 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  10 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  2 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  18 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

"Lokomotiv": 2016 yilning eng esda qolgan 17ta o'yini fotosuratlarda (1-qism) Yangiliklar

"Lokomotiv": 2016 yilning eng esda qolgan 17ta o'yini fotosuratlarda (1-qism)

Teglar :  Lokomotiv
Mana 2017 yilni ham boshlab oldik. Yakuniga etgan futbol mavsumi Lokomotiv uchun juda sermahsul keldi.
Jamoa o'z tarixida ilk bor O'zbekiston chempioni bo'lgan bo'lsa, ikkinchi marta O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi.

SHuningdek, temiryo'lchilar tarixda birinchi marta Osiyo chempionlar ligasining chorak finaliga qadar etib borishdi. Ayni paytda jamoa azolari yangi mavsumga tayyorgarlik olib borishmoqda. Jamoa 8 yanvar kuni ilk xorij yig'inini o'tkazish maqsadida Dubayga uchib ketadi.

O'tgan mavsum Loko uchun esda qoladigan o'yinlar ko'p bo'ldi. Biz mana shu o'yinlardan 17tasini alohida tanlab olgan holda fotosuratlar orqali yana bir bor esga olishni lozim topdik. Quyida birinchi davraning eng ko'p esda qolgan, muxlislarimizni yanada junbushga keltirgan 9ta o'yinini keltirib o'tamiz.

Osiyo chempionlar ligasi. 2-tur
Al Ittihod - Lokomotiv 1:1

Lokomotiv uchun safarda Al Ittihod bilan kechgan o'yin juda katta ahamiyatga ega bo'lgandi. Jidda shahrida 1:1 hisobi qayd etilgan o'yinni 40 mingga yaqin muxlis bevosita stadionda kuzatib borgan, uchrashuv ancha shiddatli kechgandi.

O'shanda avvaliga mezbonlar Salli Muntarining goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishadi. Keyinchalik esa 80-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov penaltidan gol urib hisobni tenglashtirgan va jamoasiga muhim bir ochkoni taqdim etgandi.



Oliy liga. 1-tur
Navbahor - Lokomotiv 2:3

Lokomotiv oliy ligani safarda Navbahorga qarshi bahs bilan boshladi. CHempionatning ilk uchrashuvi bo'lgani bois yigitlarda biroz hayajon sezilib turgandi. SHunday bo'ldiki, Navbahor hujumchisi Aleksandr Pishur penaltidan hisobni ochadi va hatto maydon egalari shu hisob bilan tanaffusga chiqib ketishadi.

Tanaffusdan keyin esa gol urish navbati temiryo'lchilarga keladi. Avvaliga Sardor Mirzaev ikkita to'p kiritib, dublga erishadi. Oradan ko'p o'tmay Sanjar SHoahmedov ham o'z hisobiga gol yozib qo'yadi. O'yin oxirlarida esa Mo'ydin Mamazulumov tomonidan kiritilgan gol hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Natijada juda qiyin g'alaba qo'lga kiritiladi.



Osiyo chempionlar ligasi. 3-tur
Sepaxon - Lokomotiv 0:2

Bu o'yin juda kuchli yomg'ir ostida bo'lib o'tgani hamda Lokomotivning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yodda qolgan. Malumki, Eron klublariga qarshi safarda to'p surish ancha qiyin. Ammo temiryo'lchilar Marat Bikmaev va Sardor Mirzaev tomonidan kiritilgan gollar evaziga zafar quchishni uddalashadi. Esingizda bo'lsa, Toshkentda kechgan javob o'yinida ham bu raqibni mag'lub etganmiz. Temurxo'ja Abduxoliqovning yagona goli Lokoga 1:0 hisobidagi g'alabani taqdim etgandi.



Oliy liga. 3-tur
Lokomotiv - Neftchi 4:0

Lokomotiv milliy chempionatdagi dastlabki uy uchrashuvini Neftchiga qarshi o'tkazadi va 4:0 hisobida g'alabaga erishadi. Albatta, har bir musobqada ochilish o'yini muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bunda muxlislar faqat va faqat g'alaba kutishadi. Neftchi bilan o'yinda Bikmaev dublga erishgan bo'lsa, Abduxoliqov bilan Maxaradze o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishgandi.



Osiyo chempionlar ligasi. 5-tur
Al Nasr - Lokomotiv 1:1

Osiyo chempionlar ligasidagi yana bir safardagi muhim bhaslardan biri. Bu gal Loko oldida guruhdagi eng jiddiy raqib - Al Nasr turgandi. Dubayda kechgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etiladi. Bunda ham dastlab mezbonlar hisobni ochishadi. Birinchi taym oxirlarida esa Temurxo'ja to'p kiritib hisobni tenglashtiradi. Natijada o'yin 1:1 hisobida yakuniga etadi va temiryo'lchilar muhim bir ochkoga ega chiqishadi.



Oliy liga. 9-tur
Lokomotiv - Paxtakor 1:0

Poytaxt derbisi maqomiga ega bellashuvda Lokomotiv o'z maydonida Paxtakordan 1:0 hisobida ustun kelgandi. Mazkur bahsni kuzatish maqsadida TTZdagi Lokomotiv stadioniga ko'plab ishqibozlar tashrif buyurgan, o'yin taqdirini esa Temurxo'ja Abduxoliqovning yagona goli hal qilgandi.



OCHL. 1/8 final. Javob uchrashuvi
Lokomotiv - Al Hilol 2:1

Lokomotivning o'tgan yil OCHLdagi eng esda qolgan o'yini. Bungacha na Paxtakor va na Bunyodkor Saudiya Arabistonining eng kuchli klubi Al Hilolni o'z maydonida mag'lub eta olmay kelayotgandi. Ammo Lokomotiv pley-off bosqichida bu jamoa bilan safarda 0:0 o'ynaydi, o'z maydonida esa 2:1 hisobida zafar quchadi. SHu kuni Loko himoyachilari - Islom To'xtaxo'jaev bilan SHerzod Fayzievning gollari jamoamizga chorak final eshigini ochgandi.



Oliy liga. 12-tur
Nasaf - Lokomotiv 1:2

Oliy liganing 12-turini safarda o'tkazgan Lokomotiv Nasafni 2:1 hisobida mag'lub etadi. Bu o'yinda jamoamiz to'purari Abduxoliqov dublga erishadi. O'yin juda qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechgandi. Bilasiz, Nasaf maydonidan uch ochko bilan qaytish hammaga ham nasib etavermaydi. Ammo Loko o'tgan yil buni uddalay oldi.



Oliy liga. 14-tur
Metallurg - Lokomotiv 3:3

Birinchi davraning oxirgi uchrashuvlaridan biri. 2015 yilgi mavsumda Loko Metallurg bilan ikkala o'yinda ham durang qayd etgandi: safarda 0:0, uyda 1:1. O'tgan yil Bekobodga safar uyushtirgan jamoamiz yana durang qayd etadi. Qiziqarli kechgan bahs 3:3 hisobida yakun topadi. Agar o'yin oxirida Islom To'xtaxo'jaev jarima zarbasini mohirona amalga oshirmaganida Loko shu kuni mag'lubiyatga uchrashi ham mumkin edi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика