"Liverpul" yarim himoyachisi: “Manchester Siti" oldida shlyapamni echaman”
12 may 2019 22:55
Yangiliklar


"Liverpul" yarim himoyachisi: “Manchester Siti" oldida shlyapamni echaman”
Liverpul azosi Jordan Xenderson APLning so'nggi turidan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Biz boramizni berdik. Afsuski, hech narsaga erisha olmadik. Mavsum davomida chiroyli o'yin namoyish qilib, maydonda o'zimizni ko'rsatdik. So'nggi turda ham bor etiborimizni o'yinga qaratdik. To'g'ri yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Biroq, o'z ishimizni uddaladik. Mavsum davomida bir bora mag'lubiyatga uchradik. Kimdir duranglarni eslashi mumkin. Lekin, biz g'olib bo'lish uchun juda ham harakat qildik. «Manchester Siti» fantastik klub. Ularning oldida shlyapani echish kerak”, – deya qayd etgan futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar