"Liverpul" yarim himoyachisi: “Manchester Siti" oldida shlyapamni echaman”

Eldor Akmurzayev
12 may 2019, 22:55
Liverpul a'zosi Jordan Xenderson APLning so'nggi turidan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz boramizni berdik. Afsuski, hech narsaga erisha olmadik. Mavsum davomida chiroyli o'yin namoyish qilib, maydonda o'zimizni ko'rsatdik. So'nggi turda ham bor e'tiborimizni o'yinga qaratdik. To'g'ri yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Biroq, o'z ishimizni uddaladik. Mavsum davomida bir bora mag'lubiyatga uchradik. Kimdir duranglarni eslashi mumkin. Lekin, biz g'olib bo'lish uchun juda ham harakat qildik. Manchester Siti fantastik klub. Ularning oldida shlyapani echish kerak”, – deya qayd etgan futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC