"Liverpul" yana bir "Zalcburg" o'yinchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin
13 may 2020 14:20
Yangiliklar


"Liverpul" yana bir "Zalcburg" o'yinchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin
"Liverpul" "Zalcburg" o'yinchisi Dominik Soboslaini o'rganmoqda.
Yurgen Klopp futbolchini Avstriya jamoasiga qarshi o'yinda kuzatgan. Soboslai yosh bo'lishiga qaramay Vengriya terma jamoasi safida 8ta o'yin o'tkazgan.
SHuningdek, "Zalcburg" tarkibida ham muhim futbolchilardan sanaladi. "Zalcburg" o'yinchini 20 million evroga baholamoqda. Klub uni sotishga oshiqayotgani yo'q, sababi ular vengerda ulkan kelajakni ko'rishmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" bundan oldin Avstriya klubidan Takumi Minaminoni xarid qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar