"Liverpul" Vernerga qancha maosh taklif qilayotganini bilasizmi?
03 may 2020 14:13
Yangiliklar


"Liverpul" Vernerga qancha maosh taklif qilayotganini bilasizmi?
"Liverpul" hali ham "Leypcig" hujumchisi Timo Vernerning transferi borasida ishlamoqda.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, mersisaydliklar ayni damda Germaniya klubi bilan kelishuvga erishish jarayonida. "Qizillar" futbolchiga yiliga 10 mln evro maosh taklif qilishgan. Bunda turli xil bonuslar ham o'rin olgan.
Qayd etilishicha, Verner hozirda "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning asosiy nishoni bo'lib turibdi. Ushbu mavsumda 24 yoshli Verner 36 o'yinda 27 gol va 12 assist qayd etdi. "Transfermarkt" portali hujumchini 64 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar