"Liverpul" van Deyk bilan yangi shartnoma imzolaydi
08 sen 2019 11:29
Yangiliklar


"Liverpul" van Deyk bilan yangi shartnoma imzolaydi
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk yaqin vaqtlarda klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi.
"Mirror" xabariga ko'ra, tomonlar 6 yillik shartnoma borasida dastlabki kelishuvga erishishgan. SHartnoma imzolanganidan keyin futbolchining haftalik maoshi 125 ming funtga etadi (yiliga 7,2 mln evro).
Van Deyk 2018 yilning yanvarida "Liverpul"ga o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar