“Liverpul” va “Atletiko” moliyaviy jarimaga tortildi, “Barselona” ogohlantirildi
04 iyu 2018 23:33
Yangiliklar


“Liverpul” va “Atletiko” moliyaviy jarimaga tortildi, “Barselona” ogohlantirildi
UEFA tartib-intizom qo'mitasi “Liverpul” va “Atletiko” klublarini Evrokuboklardagi ishtiroki yuzasidan moliyaviy jazoga tortdi.
Madridliklar “Arsenal”ga qarshi kechgan Evropa Ligasining yarim final javob uchrashuvi (1:0)dagi holat uchun 18 000 evro miqdoridagi jarimaga totildi.
“Liverpul” esa 29 000 evro jarima to'laydi. Mersisaydliklarning muxlislari ham “Roma” bilan bo'lib o'tgan ECHL yarim final javob uchrashuvida fayerlarni yoqib, tartibsizliklarni keltirib chiqarishgan.
Bundan tashqari, UEFA “Barselona” klubini jiddiy tarzda ogohlantirdi. “Roma”ga qarshi kechgan ECHL 1/4 final ilk (4:1) uchrashuvida kataloniyalik muxlislar “katta sahna”ga chiqishgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar