"Liverpul" PSV futbolchisiga ko'z tikdi
25 mar 2023 13:19
Yangiliklar


"Liverpul" PSV futbolchisiga ko'z tikdi
Niderlandiyaning PSV klubi yarim himoyachisi Ibragim Sangarega Angliya Premer-ligasida talab katta.
"90 min" xabariga ko'ra, "Liverpul" futbolchini safiga qo'shib olmoqchi.
"Liverpul"ning Sangare uchun kurashdagi asosiy raqobatchisi Franciyaning PSJ jamoasi hisoblanadi. Liga 1 chempioni Ibragimni yozgi transfer oynasida sotib olishni rejalashtirgan.
25 yoshli ivuarlik futbolchi joriy mavsum Eredivizida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.
Ibragimning PSV bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 35 million evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar