“Liverpul” mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha o'z rekordini takrorladi
04 noy 2021 07:50
Yangiliklar
“Liverpul” mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha o'z rekordini takrorladi
CHempionlar Ligasi 4-turida Yurgen Klopp shogirdlari “Atletiko" ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.
Mersisaydliklar barcha musobaqalardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 25 ta o'yinga (18 g'alaba, 7 durang) etkazib, klub rekordini takrorlashdi.
Avvalgi eng yaxshi natija 1982 yil qayd etilgan va o'shanda jamoa 20 uchrashuvda zafar quchib, 5 bahsda raqiblar bilan murosa yo'lini tanlagandi.
“Liverpul” keyingi uchrashuvini APL 11-turi doirasida 7 noyabr kuni safarda “Vest Xem”ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar