"Liverpul" Jotani yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
17 fev 2022, 19:03
Mersisaydliklar vingeri Diogu Jota jarohat sabab safdan chiqdi.

"Qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchining to'pig'ida muammo borligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasidagi "Inter" bilan o'yin (2:0) tanaffusida almashtirilgan edi.

Jota joriy mavsumda "Liverpul" safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Illustrated