“Liverpul” futbolchisi A Ceriya klubiga o'tishi mumkin
28 avg 2020 09:11
Yangiliklar
“Atalanta” klubi “Liverpul” futbolchisi Marko Gruichni qo'l kiritishni rejalashtirmoqda. Bergamo klubi mersisaydliklarga serbiyalik futbolchi bo'yicha taklif yuborgan. “Atalanta” Gruichni sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Markoning xizmatlariga “Milan” va “Benevento”dan ham qiziqish bor.
Gruich so'nggi ikki mavsumni ijara asosida “Gerta” safida o'tkazdi. Yarim himoyachi nemis klubi safida 51 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar