"Liverpul" egalari klubini sotishga tayyor
07 noy 2022 23:30
Yangiliklar
"Liverpul" egalari klubini sotishga tayyor
Amerikaning Fenway Sports Group (FSG) sarmoyaviy kompaniyasi "Liverpul"ni sotishga tayyorligini malum qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, klubning amaldagi egalari potencial xaridorlar uchun batafsil taqdimot tayyorlagan.
"FSG tez-tez "Liverpul" akciyadori bo'lishga intilayotgan uchinchi shaxslardan qiziqishlarni tinglamoqda. Agar "Liverpul"ning klub sifatidagi manfaatlariga mos bo'lsa, yangi akciyadorlarning takliflarini ko'rib chiqamiz. FSG “Liverpul”ning maydonda ham, maydon tashqarisida ham muvaffaqiyatli jamoaga aylantirishga to'laqonli ravishda sodiq qoladi”, — deyiladi kompaniya bayonotida.
APLning 13-turidan so'ng “Liverpul” 19 ochko bilan turnir jadvalida 8-o'rinda bormoqda. Mersisaydliklar navbatdagi o'yinni 12 noyabr kuni “Sautgempton”ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar