"Liverpul" Bundesliga yulduziga ko'z tikdi
08 noy 2024 19:10
Yangiliklar


"Liverpul" Bundesliga yulduziga ko'z tikdi
"Liverpul" Frankfurtning "Ayntraxt" klubi futbolchisi Omar Marmushning transfer narxini bilgach, u bilan kelishuvni yakunlash arafasida bo'lishi mumkin.
Angliya klubi so'nggi haftalarda misrlik futbolchini sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsum frankfurtliklar uchun barcha musobaqalarda 13 o'yinda 11 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan Marmush yanvardagi transfer oynasi oldidan Premer-liga vakillari etiborini tortdi va bir qator klublar uni sotib olishga qiziqish bildirishmoqda. "Sky Sports" muxbiri Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, "Liverpul" – 25 yoshli futbolchi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan asosiy variant. Futbolchi va klublar o'rtasida allaqachon aloqalar o'rnatilgan.
"Ayntraxt" hozirda Marmush uchun 54 mlndan 65 mln dollargacha (50-60 mln evro) talab qilmoqda, bu "Liverpul" uchun maqbul summa.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar