"Liverpul" "Brayton" himoyachisi uchun 45 mln evro to'lashga tayyor
21 fev 2021 16:34
Yangiliklar


"Liverpul" "Brayton" himoyachisi uchun 45 mln evro to'lashga tayyor
"Liverpul" "Brayton" himoyachisi Ben Uaytning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Football Insider"ning yozishicha, mersisaydliklar yozgi transferlar oynasi vaqtida markaziy himoyachini 45 mln evro evaziga sotib olishmoqchi. Biroq ko'p narsa yanvar oyida ijaraga olingan Ozan Kabakka bog'liq. Agarda u jamoadan ketadigan bo'lsa, o'rniga Uayt olib kelinishi mumkin.
23 yoshli Uayt ushbu mavsum "Brayton" tarkibida 26 o'yinda qatnashdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar