"Liverpul" 18 yoshli Keyn bilan shartnoma imzoladi

17 iyul 2020, 19:14
Mersisayd klubi rasmiy saytida Jeyk Keyn bilan uzoq muddatga mo'ljallangan shartnoma imzolangani haqida xabar berildi.

Ma'lumot uchun, iqtidorli angliyalik futbolchi 5 yoshidan buyon "Liverpul" akademiyasida shug'ullanib kelgan. 18 yoshli futbolchi "qizillar" libosidagi debyutini joriy yilning fevral oyida "Shryusberi Taun"  jamoasiga qarshi bahsda (Angliya kubogi) nishonlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: liverpoolfc.com