Lisandro: "Reshford dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'la oladi"
07 jan 2023 21:54
Yangiliklar


Lisandro: "Reshford dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'la oladi"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martinesning fikricha, Markus Reshford hali dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'la oladi.
"Reshi - ajoyib futbolchi. U o'zi istagan barcha maqsadlariga eta oladi. Barchasi o'ziga bog'liq. U haqiqiy professional. Har kunlik mashg'ulotlarda bor kuchi bilan harakat qiladi. U uchun jamoadoshlari bilan suhbatda bo'lish, yordam berish juda yoqimli.
Kazemironing fikriga qo'shilaman. Reshford biz uchun kalit futbolchi. U shunaqangi futbolchiki, bir laxzaning o'zidayoq barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Biroq gap individual sifatlarda emas. O' ko'p ishlaydi, jamoani hurmat qiladi va atmosfera borasida qayg'uradi.
Jamoa qanchalar muhim ekanligini u doimo tushunib turadigan inson. SHu sababli ishiga sidqidildan yondashadi. SHu boisdan uni hali dunyoning eng yaxshilaridan biri bo'la olishiga ishonaman", - dedi Lisandro.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar