Lisandro "qassob" laqabiga munosabat bildirdi
26 fev 2023 10:53
Yangiliklar
Lisandro "qassob" laqabiga munosabat bildirdi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines o'zining laqabi haqida gapirdi.
Futbolchini muxlislar va atrofidagilar "qassob" deb chaqirishadi.
"Bazida "o'ldirish" kerak bo'ladi, ammo shunda ham o'zingni nazorat qila olishing kerak. Menimcha, bu Argentina xalqi madaniyatining bir qismi. Biz hissiyotlarga to'la xalqmiz. Futbol biz uchun barchasi, shu sababli bor kuchimiz bilan o'ynaymiz.
Yodimda, 4-5 yoshligimda ko'chada urushib yurardim, mag'lub bo'lganimda esa yig'lab o'tirardim. Bizda jangovorlik qon-qonimizga singib ketgan", - dedi Martines.
Fikrlar