Lionel Messining debyuti yana ortga surilishi mumkin
19 avg 2021 23:45
Yangiliklar
Lionel Messining debyuti yana ortga surilishi mumkin
Messi "Brest"ga qarshi o'yinda ham maydonga tushmaydi.
Le Parisien nashrining xabar berishicha, Lionel Messi "Liga 1" uchinchi turidan o'rin olgan PSJ - "Brest" jamoalari o'rtasidagi o'yin qaydnomasiga kiritilmaydi.
Bosh murabbiy Maurisio Pochettino argentinalik hujumchini maydonga tushirmaslikka qaror qilgan. Messining debyuti katta ehtimol bilan, 29 avgustga rejalashtirilmoqda. Usha kuni PSJ mehmonda "Reyms" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi shu yozda PSJ klubiga erkin agent sifatida kelib qo'shilgandi.
Fikrlar