Lionel Messi: "CHempionlar ligasini yutishni istardim, so'nggi marta g'alaba qozonganimizga ham ancha bo'ldi"
12 sen 2019 20:25
Yangiliklar


Lionel Messi: "CHempionlar ligasini yutishni istardim, so'nggi marta g'alaba qozonganimizga ham ancha bo'ldi"
Forvard Lionel Messi "Barselona" joriy mavsum barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni istayotgani haqida aytib o'tdi.
– Joriy mavsum CHempionlar ligasini yutish va shu qatorda LaLigani boy berish varianti bo'lganda rozi bo'larmidingiz?
– Yo'q. Mavsum boshida doim shunga o'xshash bir xil mazmundagi suhbatlar guvohiga aylanamiz. Ammo, aslida biz barcha sovrinlarni yutishni istaymiz. Umid qilamanki, o'z o'yinimizni tezda topib olamiz va barcha sovrinlarni qo'lga kiritish uchun intilamiz.
CHempionlar ligasini yutishni xohlashim tushunarli bo'lsa kerak, chunki so'nggi marta g'alaba qozonganimizga ham ancha bo'ldi. SHaxsiy daraja va jamoani o'ylagan holda, ECHLni yutishimiz lozimligini his qilmoqdaman. Lekin, mavsum boshida tanlashni xohlamayman – ikkala kubokni ham qo'lga kiritishni istayapman, – deydi Messi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar