Lingard MYUdan ketdi va dubl qildi. Bungacha u APLda 2 yilda bitta gol ura olgandi
04 fev 2021 08:54
Yangiliklar


Lingard MYUdan ketdi va dubl qildi. Bungacha u APLda 2 yilda bitta gol ura olgandi
"Vest Xem" APLning 22-turida "Aston Villa"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Jamoaning uchta golidan ikkitasiga Jessi Lingard mualliflik qildi. Bu "Manchester Yunayted"dan ijara asosida "Vest Xem"ga ko'chib o'tgan Lingard uchun yangi jamoasi safidagi ilk o'yin edi.
Bungacha faqat birgina futbolchi "Vest Xem"dagi debyutda ikkita gol ura olgan - Trevor Sinkleyr (1998 yilda).
APL doirasida 28 yoshli Lingard so'nggi ikki yil ichida bittagina gol ura olgan ekan. So'nggi marotaba dublni esa 2018 yilning dekabrida "Kardiff" bilan o'yinda qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar