Lingard "Barselona"ga o'z xizmatlarini taklif qildi
09 jan 2024 15:50
Yangiliklar
Lingard "Barselona"ga o'z xizmatlarini taklif qildi
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Jessi Lingard faoliyatini "Barselona"da yakunlashni xohlaydi.
Bu haqda "Diario Sport" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 31 yoshli angliyalik o'z xizmatlarini taklif qilish uchun mustaqil ravishda kataloniyaliklar bilan bog'langan. "Barselona"ning moliyaviy muammolari tufayli ular qishda qimmat transferlarni amalga oshirolmaydilar, shuning uchun jamoa Lingardni arzonga sotib olish haqida o'ylashi mumkin.
Lingard o'tgan yozdan beri, "Nottingem Forest" bilan shartnomasi tugaganidan keyin klubsiz. Avvalroq futbolchi "Manchester Yunayted", "Vest Xem", "Derbi Kaunti", "Brayton" va "Lester" jamoalarida to'p tepgan.
SHuningdek, u Angliya terma jamoasi safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. Transfermarkt Lingardning narxini 6 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўзини ўтиш ўйинларида ўйнашга мажбур қилган "Бенфика"ни мағлуб этиб, нимчорак финалга йўлга олди
EЧЛ 1/8 финал жуфтликлари маълум
ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!
ЖЧ-2026 можароси якунланяпти: Конго ДР ўрнига Нигерия ўйнайди
Fikrlar