Kanada bosh murabbiyi: "Bizga ikkinchi "sort" odamlardek muomalada bo'lishdi"
13 iyu 2024 12:40
Yangiliklar
Kanada bosh murabbiyi: "Bizga ikkinchi "sort" odamlardek muomalada bo'lishdi"
Kanadaliklar ustozi Urugvay terma jamoasi murabbiyi Marselo Belsaning tanqidlariga qo'shildi.
Oldinroq, Belsa AQSHda mashg'ulot bazalari juda muammoli ekanligini, Boliviya mashg'ulot o'tkaza olmaganidan so'ng bazi insonlar "Hech qisi yo'q, bu Boliviyaku" degan gapni eshitgani haqida aytgan edi.
"Belsaning bazi fikrlariga qo'shilaman, bazilariga yo'q.
Bu professional turnir emas. Kamchiliklar juda ko'p. Bu va yana munosabat.
Urugvay va Kolumbiya o'rtasidagi bahsdan so'ng nimalar bo'lganini ko'rdim. To'liq tafsilotlarni bilmasman, ammo futbolchilarning oilasi xavf ostida bo'lmasligi kerak.
Ammo Kanada terma jamoasi shu yo'sinda ish tutganida bizga nisbatan sankciyalar elon qilingan bo'lardi.
Bizning futbolchilar irqchilikka uchrashdi. Bizga huddi ikkinchi "sort" odamlardek muomalada bo'lishdi" - dedi Kanada bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar