Kanada bosh murabbiyi: "Bizga ikkinchi "sort" odamlardek muomalada bo'lishdi"

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2024, 12:40
Kanada tyerma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh AQSHda o'tkazilayotgan Amyerika Kubogida ularga yomon munosabatda bo'lishgani haqida gapirdi.

Kanadaliklar ustozi Urugvay tyerma jamoasi murabbiyi Marselo Belsaning tanqidlariga qo'shildi.

Oldinroq, Belsa AQSHda mashg'ulot bazalari juda muammoli ekanligini, Boliviya mashg'ulot o'tkaza olmaganidan so'ng bazi insonlar "Hech qisi yo'q, bu Boliviyaku" degan gapni eshitgani haqida aytgan edi.

"Belsaning bazi fikrlariga qo'shilaman, bazilariga yo'q.

Bu professional turnir emas. Kamchiliklar juda ko'p. Bu va yana munosabat.

Urugvay va Kolumbiya o'rtasidagi bahsdan so'ng nimalar bo'lganini ko'rdim. To'liq tafsilotlarni bilmasman, ammo futbolchilarning oilasi xavf ostida bo'lmasligi kyerak.

Ammo Kanada tyerma jamoasi shu yo'sinda ish tutganida bizga nisbatan sankciyalar e'lon qilingan bo'lardi.

Bizning futbolchilar irqchilikka uchrashdi. Bizga huddi ikkinchi "sort" odamlardek muomalada bo'lishdi" - dedi Kanada bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportsnet