"Lids" sobiq murabbiyi JCHda ishtirok etuvchi termada ish boshladi

Omonjon To`xtamirzayev
14 may 2024, 13:24
Jessi Marsh Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Amerikalik murabbiy bilan kelishuv 2026 yil iyul oyigacha mo'ljallangan. Shu yil yozda esa terma jamoani Amerika Kubogi kutib turibdi, 2025 yilda - KONKAKAF oltin kubogi, 2026 yilda esa - jahon chempionati. Xabaringiz bor, Kanada termasi AQSH va Meksika bilan birgalikda mezbon sifatida mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lgan.

Marshning oxirgi ish joyi Angliyaning "Lids" klubi bo'lib, 2023 yil fevral oyida klub murabbiy bilan hamkorlikni to'xtatgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: canada-soccer-pressroom.prezly.com