Lingard "Manchester Yunayted"ni tark etishga qaror qildi
28 fev 2022 20:55
Yangiliklar
Lingard "Manchester Yunayted"ni tark etishga qaror qildi
"Manchester Yunayted"da uzoq vaqtdan beri asosiy tarkibga kirolmayotgan 29 yoshli yarim himoyachi Jessi Lingard jamoani tark etishga qaror qildi.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Qishda "qizil iblislar" Lingardni sotishga rozi bo'lishsa, malum miqdorda mablag' ishlab olishlari mumkin edi. Futbolchiga qiziqayotgan jamoalar "Manchester Yunayted"ga takliflar bilan murojaat qilishgandi.
Eslatib o'tamiz, Transfermarkt Lingardni 20 million evroga baholamoqda.
Futbolchi jamoani tark etishga qaror qildi. U erkin agent sifatida klubdan ketadi, chunki Lingradning MYU bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi.
Fikrlar