"Lids" Nketia bo'yicha taklif bilan chiqdi
05 iyu 2021 23:19
Yangiliklar
"Lids" transfer oynasi vaqtida "Arsenal" hujumchisi Eddi Nketiani xarid qilish istagida.
"Football Insider" portalining xabar berishicha, "tovuslar" 22 yoshli futbolchi uchun taxminan 20 million funt taklif qilishgan.
Eddi Nketia o'tgan mavsumda 29 uchrashuv o'tkazib, 6 ta gol urdi va 1 ta pas uzatdi.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchi 12 o'yinda 14 ta gol urgan holda Angliya yoshlar terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar sanaladi.
Fikrlar