So’nggi yangiliklar

17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  3 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  13 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16

Licenziyalashda hal qiluvchi palla: klublarda hamon qanday kamchiliklar bor yoxud “Navbahor” klubida vaziyat og'ir Yangiliklar

Licenziyalashda hal qiluvchi palla: klublarda hamon qanday kamchiliklar bor yoxud “Navbahor” klubida vaziyat og'ir

Teglar :  PFL Licenziyalash
Hozirgacha klublar 5 ta mezon: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy va moliyaviy mezonlar bo'yicha hujjatlar taqdim etdi.

O'zPFL yil avvalida “Klublarni licenziyalash reglamenti”ni ishlab chiqib, mavsum davomida ularni shu hujjat asosida monitoring qilib bordi. Hozirgacha klublar 5 ta mezon: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy va moliyaviy mezonlar bo'yicha hujjatlar taqdim etdi.

 

Yoritish tizimi

Yoritish tizimining talab darajasida emasligi ayrim klublarning asosiy kamchiligi bo'lib turibdi. Jumladan, “Surxon”, “Mashal” va “Andijon” klublarida bu muammo ustida ishlanmadi va OFK mazkur klublarga licenziya taqdim etmasligi katta ehtimol. “Qo'qon-1912” mazkur muammoni hal qilish ustida nisbatan ishladi. Biroq klub belgilangan muddat ichida mazkur muammoni bartaraf etishga ulguradimi yoki yo'qligi asosiy masala bo'lib turibdi. SHuningdek, bu borada AGMK va “Metallurg” jamoalari hozircha OFK talabidan ortda qolayotganini etirof etish kerak.

Malumot uchun O'zPFL bilan 2021 yilgi mavsum davomida hamkorlikda ishlagan “Turon”, “Qizilqum”, “So'g'diyona”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” klublari projektorlarini OFK talab etgan ko'rinishga keltirishga erishdi. 

 

Qarzdorlik masalasi

OFK mazkur masalaga jiddiy etibor qaratadi. Uch klubimizda bu borada muammo mavjud. “Buxoro” klubi qarzdorlik bo'yicha muammolarni 90 foizga hal qilishga erishdi va yana ikki ish ustida ishlashi lozim. Vladimir Bubanya esa “Surxon” bilan yana xuddi o'tgan yilgi scenariy asosida xayrlashdi. Klub yana futbolchi oldidagi qarzdorlikni yopishi va qishki transfer oynasi yopilishi ehtimolini bartaraf qilishi lozim. Ammo “Navbahor” klubida vaziyat og'ir. Klubning Aleksey Belenkov, Andrey Kanchelskis kabi mutaxassislar oldida qarzi bor. Bu muammo bartaraf qilinmaguniga qadar, “Navbahor” xalqaro maydonda to'p sura olmaydi. Achinarli tomoni shundaki, “Navbahor lochinlari” futbol klubi qolgan barcha mezonlar bo'yicha OFK talabiga to'liq javob beradi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика