Licenziyalashda hal qiluvchi palla: klublarda hamon qanday kamchiliklar bor yoxud “Navbahor” klubida vaziyat og'ir

Narzulla Saydullayev
28 sen 2021, 17:38
Hozirgacha klublar 5 ta mezon: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy va moliyaviy mezonlar bo'yicha hujjatlar taqdim etdi.

O'zPFL yil avvalida “Klublarni licenziyalash reglamenti”ni ishlab chiqib, mavsum davomida ularni shu hujjat asosida monitoring qilib bordi. Hozirgacha klublar 5 ta mezon: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy va moliyaviy mezonlar bo'yicha hujjatlar taqdim etdi.

 

Yoritish tizimi

Yoritish tizimining talab darajasida emasligi ayrim klublarning asosiy kamchiligi bo'lib turibdi. Jumladan, “Surxon”, “Mashal” va “Andijon” klublarida bu muammo ustida ishlanmadi va OFK mazkur klublarga licenziya taqdim etmasligi katta ehtimol. “Qo'qon-1912” mazkur muammoni hal qilish ustida nisbatan ishladi. Biroq klub belgilangan muddat ichida mazkur muammoni bartaraf etishga ulguradimi yoki yo'qligi asosiy masala bo'lib turibdi. Shuningdek, bu borada AGMK va “Metallurg” jamoalari hozircha OFK talabidan ortda qolayotganini etirof etish kerak.

Ma'lumot uchun O'zPFL bilan 2021 yilgi mavsum davomida hamkorlikda ishlagan “Turon”, “Qizilqum”, “So'g'diyona”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” klublari projektorlarini OFK talab etgan ko'rinishga keltirishga erishdi. 

 

Qarzdorlik masalasi

OFK mazkur masalaga jiddiy e'tibor qaratadi. Uch klubimizda bu borada muammo mavjud. “Buxoro” klubi qarzdorlik bo'yicha muammolarni 90 foizga hal qilishga erishdi va yana ikki ish ustida ishlashi lozim. Vladimir Bubanya esa “Surxon” bilan yana xuddi o'tgan yilgi ssenariy asosida xayrlashdi. Klub yana futbolchi oldidagi qarzdorlikni yopishi va qishki transfer oynasi yopilishi ehtimolini bartaraf qilishi lozim. Ammo “Navbahor” klubida vaziyat og'ir. Klubning Aleksey Belenkov, Andrey Kanchelskis kabi mutaxassislar oldida qarzi bor. Bu muammo bartaraf qilinmaguniga qadar, “Navbahor” xalqaro maydonda to'p sura olmaydi. Achinarli tomoni shundaki, “Navbahor lochinlari” futbol klubi qolgan barcha mezonlar bo'yicha OFK talabiga to'liq javob beradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz