So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  0 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15

"Li Man" bosh murabbiyi CHan Xiu Ming: "Biz hech narsadan qo'rqayotganimiz yo'q" Yangiliklar

"Li Man" bosh murabbiyi CHan Xiu Ming: "Biz hech narsadan qo'rqayotganimiz yo'q"

OFK kubogi Interzonal finalidan o'rin olgan "Nasaf" - "Li Man" uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi CHan Xiu Ming ishtirok etdi.

"Avvalambor assalomu aleykum. Sizlarni ko'rib turganimizdan xursandmiz. Hozirgi pandemiya sharoitida Qarshi shahriga etib kelish uchun 2 kun vaqt sarfladik. "Nasaf" kuchli jamoalardan biri. Ular o'z maydonida va muxlislari qarshisida to'p tepadi. Biz ham yaxshi tayyorgarlik ko'rib keldik. Maydonga har doim g'alaba uchun chiqamiz",- deydi CHan Xiu Ming. 

"Jamoamiz ertangi o'yinga tayyor. Nasib qilsa yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz",- deydi futbolchi Ngan Lok Fung. 


- "Nasaf" jamoasini qay darajada o'rgandingiz?

- Raqib yaxshi shakllangan jamoa. Qanotlardan keskin hujumlar tashkil qiladi. O'zbekiston Superligasida kuchli o'yin ko'rsatmoqda. Ertaga g'alaba qozonishga harakat qilamiz. 

- Jamoa oldiga OFK kubogi va ichki chempionatda qanday maqsadlar qo'yilgan?

- Jamoamiz juda yosh jamoa. Tashkil topganiga 4 yil bo'ldi. OFK kubogida ilk bor ishtirok etmoqdamiz. Lekin biz hech narsadan qo'rqmaymiz. Milliy terma jamoa azolari ham ko'pchilikdan iborat. Oldimizga doim chempionlikni maqsad qilib qo'yamiz. 

- "Nasaf" xalqaro maydonda juda ham tajovvuzkor o'yin ko'rsatadi. Ertaga ham o'z maydonida o'ynaydi. Vaziyatga real baho bersak "Li Man" ertaga ikkinchi raqam ostida o'ynaydimi yoki hujumkor futbol ko'rsatishga jamoaning imkoniyatlari etadimi?

- Biz ikki kun yo'l yurib keldik. Lekin hozir normal holatdamiz. O'yinga tayyormiz, deya olaman. O'yin davomida ko'rsatamiz. 

- O'zbek futboli haqida qanday malumotga egasiz?

- O'zbekiston haqida nima deyishim mumkin? Ko'rinib turibdi shaharlar chiroyli. Vaziyat yaxshi bo'lib ketganda kelib yana bemalol ko'rishim mumkin. CHunki mehmonxonadan tashqariga chiqqanimiz yo'q. FIFA reytingiga qarasak ham O'zbekiston bizdan yuqorida. Futbolchilaringiz agressiv harakat qiladi. 

- Qarshiga o'zingiz istagan tarkib bilan etib keldingizmi? Jarohatlar va yo'qotishlar borasida malumot bera olasizmi?

- Jiddiy jarohat olgan futbolchilarimiz yo'q.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика