"Leyptsig" futbolchisi "Real"ga o'tishga tayyor!

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 14:26
"Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekano "Real"ga o'tishga tayyor.

"AS" xabariga ko'ra, futbolchi Germaniya klubi bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni to'xtatgan va rad javobini bergan. Dayoning agenti Folker Shtrut "qaymoqranglilar" bilan muzokaralarni boshlaydi. U shuningdek, "Real" futbolchisi Toni Kroosning ham agenti hisoblanadi.

Dayo ushbu mavsumda Germaniya chempionatida 21 o'yinda qatnashdi va 1 golga assistentlik qildi. Uning "Leyptsig" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS