Mbappe Upamekanoni "Real"da ko'rishni xohlaydi

Sherzod Nurmatov
13 noya 2025
"Real" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe vatandoshi, "Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano haqida gapirdi.

"U juda yaxshi o'ynayapti, o'ziga ishonadi va munosib o'yin ko'rsatadi. Uni bugungi kunda dunyodagi eng yaxshi himoyachilardan biri deb hisoblash mumkin. U hujumchilarni qanday qilib zararsizlantirishni va qiyinchiliklarni qanday engishni biladi, bu orqali har qanday jamoa haqiqiy taktik ustunlikka ega bo'ladi.

U allaqachon ulug' klub – "Bavariya"da o'ynaydi. Albatta, boshqa klublar ham xuddi shunday yaxshi (kuladi). Men unga va uning jamoasiga hurmatim tufayli tafsilotlarga to'xtalmoqchi emasman. Men aytgan har qanday narsa faqat bosimni kuchaytiradi. Biroq gap uning darajasidagi o'yinchi haqida ketarkan, har qanday klub u uchun kurashishga tayyor bo'ladi", – dedi Mbappe.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca