Levandovski "Oltin butsa" uchun poygada Immobilega yetib oldi

Sherzod Nurmatov
24 may 2020, 01:21
Polshalik hujumchi Italiyada futbol o'ynalmayotganidan foydalanib qolmoqda.

Robert Levandovski Germaniya chempionatining 27-turida "Ayntraxt"ga qarshi uchrashuvda (5:2) gol urdi.

Bu polyak o'yinchisining joriy chempionat bahsidagi 27-goli bo'ldi. Shunday qilib, Levandovski Evropaning TOP-5 liganing eng yaxshi to'purarlari reytingida Immobilega yetib oldi, deya xabar berdi Gracenote Sports.

Immobile qachon Levandovskiga "javob qaytarishi" hozircha noma'lum. Italiya chempionatining restarti sanasi hali tasdiqlanmagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Gracenote Sports