Levandovski agentini almashtirdi

Aslanov Jasurbek
22 fev 2018, 18:07
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskida yangi agent paydo bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining yangi hamkori mashhur isroillik agent Pini Zaxavi bo'ladi. U polshalik Cezari Kuxarskiyning o'rnini egallaydi. Oldinroq, Levandovski Kuxarsiy bilan xayrlashishni maqul ko'rgan edi.

Zaxavi faoliyati davomida himoyachi Rio Ferdinandni "Lids"dan "Manchester Yunayted"ga o'tkazgan va Roman Abramovichga "Chelsi"ni sotib olishni maslahat bergan.

Joriy mavsum 29 yoshli hujumchi Bundesliganing 22ta uchrashuvida 20ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com