Levandovski 43 uchrashuvda 51 ta gol urdi
05 iyu 2020 07:10
Yangiliklar
Levandovski 43 uchrashuvda 51 ta gol urdi
“Bavariya” forvardi Robert Levandovski Germaniya kubogi finalida “Bayer”ga (4:2) qarshi bellashuvda dubl qayd etdi.
Polshalik hujumchi oltita goli bilan turnir to'purarligiga erishdi. Ikkinchi o'rin “Fortuna” azosi Rouven Xennningsga (4 gol) nasib etdi.
Levandovski joriy mavsumda “Bavariya” tarkibida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 51 ta gol urishning uddasidan chiqdi. Ilgariroq u 34 goli bilan Bundesliga to'purarligini qo'lga kiritgandi.
Fikrlar