"Lester" Tilemansning maoshini haftasiga 100 ming funtga qadar ko'tarishi va shartnomani uzaytirishi mumkin
08 fev 2021 13:18
Yangiliklar


"Lester" Tilemansning maoshini haftasiga 100 ming funtga qadar ko'tarishi va shartnomani uzaytirishi mumkin
"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans klub bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
"Tulkilar" Belgiya terma jamoasining 23 yoshli o'yinchisi maoshini haftasiga 100 ming funtga qadar ko'tarishi va uni "Lester"ning eng katta maosh oluvchi o'yinchilaridan biriga aylantirishi kutilmoqda.
Tilemansning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Xavbek joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar