"Lester" sardori faoliyatini yakunlamoqda
22 may 2021 22:32
Yangiliklar
"Lester" sardori faoliyatini yakunlamoqda
"Tulkilar"ning ko'p yillik sardori Ues Morgan ushbu mavsum oxirida faoliyatini tugatishini elon qildi.
Morgan 2012 yil yanvar oyida "Nottingem Forest"dan o'tganidan beri "Lester" tarkibida o'ynab kelmoqda. SHu vaqt ichida Ues 324 o'yin o'tkazib, 14 ta gol urgan.
Ues "tulkilar" bilan CHempionshipdan Premer-ligaga ko'tarilib, keyinchalik 2015/16 yilgi mavsumda sensacion tarzda APL g'olibiga aylandi. 37 yoshli himoyachi o'tgan dam olish kunlari Angliya Kubogini ham boshi uzra ko'tardi.
Morgan o'z faoliyati davomida 750 dan ortiq uchrashuv o'tkazdi va Angliya futbolining to'rtta divizionida o'ynadi.
SHunday qilib, yakshanba kuni "Tottenxem"ga qarshi o'yinda Ues "Lester" libosidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazadi. SHuningdek, uning jamoadoshlari Kristian Fuks va Metti Jeyms ham jamoadan ketmoqda.
Fikrlar