“Lester” Chiluellga o'rinbosar izlashni boshladi

18 yanv 2020, 08:49
Ben yozgi transferlar vaqtida “tulkilar” safini tark etadi.

“Lester” Ben Chiluellning yozgi transferlar vaqtida “Chelsi”ga o'tishiga ishonmoqda. Shu boisdan klub unga o'rinbosar qidirishni boshladi. “Tulkilar” “Tottenxem”dan Rayan Sesenonni olib kelish imkoniyatini o'rganmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Chiluell “Chelsi” bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Unga “Manchester Siti”ning ham da'vogar ekanligi aytilmoqda.

Joriy mavsum Ben APL doirasida 18 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail