Leonid Senkevich: "Birgina xato tufayli gol o'tkazib yubordik"
11 apr 2019 22:45
Yangiliklar
Leonid Senkevich: "Birgina xato tufayli gol o'tkazib yubordik"
Bugun jamoamiz futbolchilari ko'rsatgan o'yin menga maqul bo'ldi. O'gan yilgi harakatlarimiz natijasida jamoamizda o'sish bor, o'yinlarimiz sifatli chiqmoqda. Bugungi o'yindagi atmosfera, uchrashuvni tomosha qilish uchun ko'plab futbol muxlislarini tashrif buyurganliklari menga yoqdi, Pro-Liga uchrashuvlariga shu kabi ko'plab muxlislar kelishi bizni xursand qilmasdan qolmaydi.
Futbol shunday o'yinki, xatolar kechirilmaydi, sen urmasang, senga urishadi. Bitta xato tufayli gol o'tkazib yubordik. O'ylashimcha butun uchrashuv davomida shu birgina xato qildik va bu xato bizni ochkolardan mahrum qildi.
Bugungi uchrashuv bayramona ruhda o'tdi, uchrashuvdan oldingi ochilish marosimi, sanatkorlarning chiqishlari juda yuqori saviyada tashkil etildi. “Turon” jamoasi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'ribdi, ularga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.
Jamoamiz azolariga bugunggi o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman, hammaga rahmat", – deydi Leonid Senkevich.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar