Fevzi Davletov: "Jamoada raqobat bo'lishi kerak"
28 apr 21:36
Yangiliklar
Fevzi Davletov: "Jamoada raqobat bo'lishi kerak"
O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Lokomotiv-BFK" (6:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'yin haqida
- O'yinni nazorat qilishga intildik. Birinchi bo'lim ozroq qiyin o'tdi. Ikkinchi bo'limda vaziyatlarimiz ko'paydi, gollar urdik. O'yin natijasidan qoniqish hosil qildim. Ishlashda davom etamiz.
Har bir uchrashuvda eng tayyor bo'lganlarni maydonga tushiramiz. Jamoada raqobat bo'lishi kerak. Oldimizda Superliga uchrashuvlari kutib turibdi.
- Jarohatdan qaytgan Nimeli va debyut o'yinda gol urgan Abduhamidovlar haqida fikringiz?
- Albatta, Nimeli jarohat sabab bizga yordam bera olmayotgandi. Bugun u maydonda tushdi va gol urdi. Sekin-sekin tiklanib borayapti.
Sarvar Abduhamidov bugun debyut golini urdi. Yosh futbolchining maydondagi harakatlaridan qoniqish hosil qildim.
Fikrlar